1 2 3 4 5 6

10-MAVZU: TURKIY TILLAR TASNIFI - Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti

bet6/6
Sana08.07.2018
Hajmi466.92 Kb.

10-MAVZU: TURKIY TILLAR TASNIFI 

REJA: 

1.Turkiy tillarni olimlar tomonidan tasnif muammolari va echimlari. 

2.Turkiy tillarning fonetik va morfologik xususiyatlari. 

3.Turkiy xalqlarning atroflicha o’rganilishi natijasi. 

 

   

Turkiy tillarning genetik jihatdan,til xususiyatlari jihatidan o’zaro 

munosabati masalasiga olimlar juda qadimdan kizikib kelganlar. Uqorida aytib 

utiganidek, birinchi marta turkiy tillarni klassifikasiya kilgan olim Mahmud 

Qoshg’ariydir. Turkiy tillar klassifikasiyasi bilan kizikish X TX asr oxiri va XX  

asrda kaytadan boshlandi va ko’p klassifikasiyalar vujudga keldi. Bu 

klassifikasiyalar metodi oldiga qo’ygan maqsadi nuqtai nazaridan xilma-xildir. 

Shuning uchun bu klassifikasiyalarning birida biron bir gruppaga mansub deb 

hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir gruppaga tushib qolishi mumkin turkiy 

tillarni klassifikasiya qilishning o’ziga xos qiyin tomonlari bor.Bu qiyinchilik, 

avvalo, turkiy tillarning o’zaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yakinligidan 

kelib chikadi. Ikkinchidan alohida olingan har bir turkiy xalq tarkib topishida turli 

xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila  bir paytning uzida bir necha turkiy 

xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan ham izohlanadi. 

 

Turkiy tillarni V.A.Bogorodiskiy quyidagicha klassifikasiya qiladi: 

1.SHimoliy-sharkiy gruppa:yokut,karagaz,tuva tillari. 

Bu gruppadan yokut tili so’z boshidagi   s   tovushining yuqolishi,karagaz va tuva 

tillari esa   y  tovushining ch tovushiga va  ch    tovushining    sh   tovushiga o’tishi 

bilan harakterlanadi.   

 

2.Xakaz gruppasi. Xakaz tili. Bu gruppa uchun xos xususiyat so’z  ox             

iridagi   sh   tovushining ch tovushiga o’tishidir. 

 

3.Oltoy gruppasi:  oltoy /  shor /  tili o’z shevalari bilan harakterlanadi. 

 

4. G’arbiy Sibirp gruppasi : chulim, ishim, tumenp tatarlari tili.G’arbiy 

Sibirp grupasining asosiy fonetik xususiyati eski turkiy tillardagi ch tovushi urniga 

s tovushining qullanishidir. 

 

5.Volga bo’yi va ural gruppasi:tatar va boshqird tillari. Bu gruppa uchu 

harakterli xususiyat unlilarning qisqarishi bo’lib,boshqa turkiy tillardagi e tovushi 

u ga aylangan 

 

6.O’rta Osiyo gruppasi, uyg’ur, qozoq, qirg’iz, o’zbek, qoraqalpoq tillari. Bu 

gruppani birlashtirib turuvchi belgilar ko’rsatilmaydi. 

 

7 .Janubi-G’arbiy gruppa :turkman, ozaobayjon, kumik, gagauz, turk tillari 

va chuvash tili. Bu gruppa ham to’lik izohlanmagan. 

 

57

 

V.A.Bogorodskiy hozirgi turkiy tillarni ularning geografik joylashuvi va 

fonetik xususiyatlari asosida klassifikasiya kilgan, turkiy xalqlar va tillarning 

tarixiy taraqqiyotini etarli hisobga olmagan. Bundan tashkari, ayrim turkiy tillar, 

masalan, karaim va nugoy kabi tillar e’tiboridan chetda kolgan. 

 

V.V.Radlov tomonidan turkiy tillar quyidagicha klassifikasiya kilinadi : 

 

1.SHarkiy turkiy tillar: oltoy, babarin, chulim tatarlari, karagas,  

xakas, shor, tuva tillari. Bu tillar fonetik jihatdan jarangsiz undoshlarning so’z 

boshida ko’p ishlatilishi bilan ajralib turadi. 

 

2.G’arbiy turkiy tillar: qirg’iz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari. 

Bu gruppalarda ham janubiy gruppadan farq qilgan holda so’z boshida   k, t , p 

jarangsiz undoshlari va  b  jarangli undoshi aktiv qo’llanadi. 

 

3.O’rta Osiyo gruppasi : uyg’ur va o’zbek tillari. Bu gruppa   o  va  o   

unlilarining faqat birinchi bo’g’inda uchrashi bilan ajrilib turadi. 

 

4.Janubiy turkiy tillar : turkman, ozarbayjon, turk, krim-tatar tillari. Bu 

gruppa so’z boshida  g, d,  b  kabi  jarangli undoshlarning ko’p uchrashi bilan 

harakterlanadi. 

V.V.Radlov ham turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va kisman kelib chikib 

klassifikasiya kilgan. Lekin u keltirgan ayrim fonetik xususiyatlar bir gruppa emas, 

balki bir necha gruppa tillarga ham xos. Masalan, so’z boshida   b   tovushining  

qo’llanilishi g’arbiy gruppa  tillarga xos xususiyat deb  ko’rsatiladi. Bu  

xususiyat ayni payda O’rta Osiyo va Janubiy gruppa tillarga ham mos. 

 

F.E.Korsh turkiy tillarni, fonetik xususiyatlaridan  tashkari morfologik 

xususiyatlarini ham hisobga olib quyidagicha klssifikasiya kilgan : 

 

1.Shimoliy gruppa :qirg’iz, qozoq, oltoy, Volga tatarlari, morfologik 

xususiyatlari quyidagi so’zlarda aks etgan: tau. qolgan, sarq, kele turur. 

2. G’arbiy gruppa, ozarbayjon, turkman, turk, gagauz  tillari. Bu guppa 

tillarining fonetik va  morfologik  xususiyatlari quyidagi so’zlarni ularning 1-

punkdagi mukobillari bilan kyoslansa , aniq ko’rinadi  :dag,  kalan,  sarq, gelir. 

3.Sharqiy gruppa: Urxun- Enisey  yodgoliklari yozuvi tili, eski uyg’ur tili, 

chigatoy, qipchoq  /poloves/  kabi o’lik tillar hamda jonli tillardan karagas  va  x             

akas tillari. Bu guppa tillarining fonetik va morfologik xususiyatlari quyidagi 

so’zlarni ularning 1-2-puktlardagi mukobillari bilan kiyoslansa, aniq ko’rinadi:  

tag, sarig, kaogan, kelur. 

4. Aralash gruppa: yokut va chuvash tillari. Bu tillar boshqa turkiy tillardan 

fonetik va grammatik hamda leksik jihatdan keskin farq qilishi bilan 

harakterlanadi. 

A.N.Samoylovich ham turkiy tillar  klassifikasiyasi asosiga fonetik va mor 

fologik xususiyatlarni kuydi vahar bir gruppa asosiy fonetik xususiyatidan kelib 

chikib nom berdi. A.N.Samoylovich ham F.E.Korsh kabi turkiy tillarning har bir 

gruppasiga xos fonetik va morfologik xususiyatlarni bir necha so’z asosida 

ko’rsatadi: 

1. R- gruppa. Bu gruppa xazar va bulgor kabi o’lik tilar va jonli turkiy 

tillardan chuvash tili kiritiladi. Avtor tanlab olgan so’zlar bu tillarda quyidagi 

ko’rinishga ega :tahar, ura, pul, tau // tu, sarq, kalan //yulna. 



 

58

 

2.  D- gruppa. Bu guppaga Urxun-Enisey yodgorliklari tili hamda qadimgi 

uyg’ur tili kabi o’lik tillar, karagas,salar, tuva, sarik  uyg’ur. shor, xakas va yokut 

kabi jonli turkiy tilar kiritilgan bulib, bu tidlardagi so’zlar quyidagicha ko’rinishag 

ega : tokuz, adak  /azak,  pol, tag, sarik, klgan. 

 

3. Tau- gruppa. Bu guppaga oltoy, qirg’iz, kumik korachoy, balklar, karaim, 

tatar, boshqird, qozoq, nugoy kabi jonli turkiy tillar kiritiladi. Bunda uqoridagi 

so’zlar quyidagicha ko’rinishga ega:  toguz, ayak,  bol  // bul, tau, sarq, kalgan. 

 

4.Taglik gruppa. Bu gruppaga eski o’zbek adabiy tili, hozirgi uyg’ur, hozirgi 

o’zbek va tuva tillari kiritiladi. 

Uqoridagi oltita  so’z bu gruppa tillarida quyidagicha ko’rinishga ega:  tokuz, ayak,  

bol,  tag,   sarik,  kalgan. 

 

5.Tagli gruppa. Bu gruppa faqat o’zbek tilining Xorazm shevasi kiritilib, 

uqoridagi so’zlar quyidagicha ko’rinishga ega:  dokuz, ayak, bol,  tag,  sari,  

kalgan. 


 

6.Ol gruppa. Bu gruppaga turkman, ozarbayjon, usminli turk, gagauz tillari 

kiritiladi. Uqoridagi oltita so’z bu gruppa tillarida quyidagi ko’rinishga ega:  

dokuz,  ayak, ol, dag, sari, kalan. 

Ko’rinib turibdiki, A.N. Samoylovich har bir gruppani  boshqa gruppalardan 

farqlab turuvchi asosiy fonetik xususiyatlarni shu gruppaning nomi qilib olgan. Bu 

klassifikasiya ham o’z navbatida  ayrim  nuqsonlardan xoli emas. Masalan, 

qoraqalpoq tili asossiz taglik guppaga kiritiladi. 

 I.Besing 

va 


K.Menges 

klassifikasiyalarida turkiy tillarning til 

xususiyatlaridan tashkari, ularning tarixiy taraqqiyot prosessi ham hisobga olingan. 

Ular ham turkiy tillarni 5 ta gruppaga /K. Menges  6ta gruppaga / ajratadi. 

 

1.Bulgor gruppasi. Bu gruppaga jonli tillardan chuvash tili,o’lik tilardan 

bulgor tili kiradi. 

 

2.Janubiy yoki o’g’uz gruppasi. Bu grupaga turk, gagauz, krim -tatar, 

ozarbayjon, turkman tillari kiradi. 

 

3.G’arbiy yoki qipchoq gruppasiga  karaim, korachoy, balkar,  kumik, titir, 

boshqird, qozoq, qoraqalpoq, nugoy, qirg’iz tillari, krim tatarning chul dialekti 

kiradi. 


 

4.Sharkiy yoki uyg’ur gruppasi. Bu gruppa o’z ichiga eski o’zbek, eski 

uyg’ur,  hozirgi o’zbek va hozirgi uyg’ur tillarini va sarik uyg’ur tilini oladi. 

5.Shimoliy gruppa. Bu gruppaga oltoy, oyrot, shor, xakas, yokut tillari 

kiritiladi. 

 

Turkiy tillar klassifikasiyasi bilan ko’p shug’ullangan yirki -sobiq  ittifoq 

turkologlaridan biri N.A.Baskakovdir.N.A.Baskakov turkiy tilning fonetik, 

grammatik, leksik xususiyatlarinigina hisobga olib qolmasdan, balki alohida 

olingan har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanish jarayoni, uning etnik genezisini 

ham nazardan qochirmaydi. Shu asosda u turkiy tillarning  klassifikasion  sx             

emasini beradi. 

 

Uqorida turkiy tillarning eng kichik tarkalgan klassifikasiyalari keltirildi. 

Bular klassifikasiya asosiga ko’ra quyidagicha gruppalanadi. 

 

59

 

1.Fonetik xususiyatlar asos qilib olingan klassifikasiya  / V.V.Radlov  

klassifikasiyasi  /. 

 2.Fonetik 

morfologik 

xususiyatlar asos qilib olingan klassifikasiyalar 

/F.E.Korsh,A.N.Samoylovich klassifika-siyalar/ I.Bensing, K.Menges hamda 

N.A.Baskakov klassifikasiyalari  /. 

 

4.Turkiy tillarda gapiruvchi xalqlarning geografik joylashuvi asos qilib 

olingan klassifikasiya /V.A.Bagorodiskiy klassifikasiyasi /. 

 Uqoridagi 

klassifikasiyalar 

orasida turkiy tillarning xal til  

xususiyatlarining ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda 

turkiy tillarining barchasini to’liq qamrab olgan klassifikasiya N.A.Baskakov 

klassifikasiyasidir. SHuning uchun bu klassifikasiya hozirgi paytda ko’pchilik 

turkologlar toionidan e’tirof qilinadi. 

 

NAZORAT   SAVOLLARI: 

1.  Turkologiyada turkiy tillar tasni fi buyicha ka rashlar mavjud? 

2.  Turkiy tillar tasnifi bilan shug’ullangan olimlardan kimlarni bilasiz? 

3.  Turkiy tillarni mukammalroq tasnif etgan olim kim? 

4.  Turkiy tillarni tasnif qilish qanday asoslarga tayanadi. 

5.  Turkiy tillar tasnifi bo’yicha shug’ullangan olimlar kimlar? 

6.  Genetik tasnif nima? 

7.  Tasnif metodlari nimalarni o’z ichiga oladi? 

8.  Fonetik metod nima? 

9.  Morfologik metod nimalarni o’z ichiga oladi? 

10. V.V.Radlov tasnifi nimaga asoslanadi? 

11. F.E.Korj tasnifi. 

12. A.N.Samaylovich tasnifi. 

13. I.Bensing va K.Menges tasniflari. 

14. N.A.Boskakov tasnifi. 

15. V.A.Bogorodskiy tasnifi. 

16. Turkiy tillar tasnifidagi kamchiliklar. 

17. Turkiy tillarning mukammal tasnifi kimga tegishli? 

18. Turkiy tillar tasnifiga oid xulosalar. 

 

TAYANCH    ATAMALAR 

1.Genetik tasnif. 

2.Tasnif metodlari. 

3.Fonetik metod. 

4.Morfodlogik metod. 

 

ADABIYOTLAR 

1. 

A.M.SHcherbak. Sravnitelg’naya Fonetika tur. YAzqkov.L.,1970. 

2. 

N.A.Baskakov. Vvdenie  v izuchenie turskixyazqkov. M.,1969. 

3. 

Ko’chqortoev.I.  Turkiy filologiyaga kirish.1984.  



 

60

O’zbek filologiyasi  fakulpteti  1- bosqich  talabalari  uchun "Turkiy  

filologiyaga  kirish " kursidan  ish dasturi. 

 

1. Turkiy filologiyaga kirish kursining maqsadi, vazifasi,  mundarijasi. 

2. M.Qoshg’ariy "Devonu lug’otit turk". 

3. Az -Zamaxshariy "Muqaddimatul-adab". 

4. 13-14 asrda yaratilgan filologik asarlar. 

5. "Muqaddimatul - lug’atayn". 

6. "Badoe -al lug’atayn ","Abushka","Kelurnoma","Lug’otit turk". 

7. "Sanglox","Muntaxab - al lug’at","Lug’ati chigatoyi va turki usmoniy". 

8. Turkiy tillarni Rossiyada o’rganilishi. 

9. Turkiy tillarning keyingi davrda o’rganilishi. 

10.Hozirgi uebek tilshunosligi. 

11.Turkiy tillarning shakllanishida oltoy va xun davri. 

12.Turkiy tillarning shakllanishida turk   xokonligi davri 

 13 Qadimgi turkiy yodgorliklar. 

14.Turkiy tillarning tovushlar sitemasi. 

15.Turkiy tillarning grammatik qurilishi. 

16.Turkiy tillar tasnifi. 

 

AMALIY  MASHG’ULOTLAR 

1.M.Koshg’ariy «Devonu lug’otit turk asarida turkiy tillar tasnifi». 

2.Devonu lug’otit-turk » asarida maqol va matallar. 

3.Devonu lug’otit-turk asarida turkiy xalqlar she’riyati. 

4.Mahmud Zamaxshariy va uning «Muqddimatul – adab asari. 

5.13-14 asrda yaratilgan filolog asarlar. 

6.A.  Navoiyning  «Muhokamatul  lug’atayn» asari. 

7.13-14  asrda  yaratilgan lug’atlar. 

8.  Rassiyada  turkiy  filologiyaning  o’rganilishi. 

9.Turkiy tillarning shakllanishida oltoy va xun davri Turk xoqonligi davri. 

10.Turkiy  tillarda  tovushlar  sistemasi. 

11.Turkiy tillarning  grammatik  qurilishi. 

12.Qadimgi  turkiy  yodgorliklar. 

                                                                                                                 


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


a-aparatti-za-uait-sataua.html

a-aralarn-zorunlu-bir.html

a-arterialnaya-gipotoniya.html

a-assemblea-regionale-dei-2.html

a-assembleia-legislativa--4.html